Yil boshidan beri Yagona portalda 50 dan ortiq yangi elektron davlat xizmatlari joriy etilib, umumiy onlayn xizmatlar soni 355 taga yetdi. AKT vazirligining matbuot xizmati bu haqdagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Xususan, Yagona portal foydalanuvchilari soni 3 mln.ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 2,8 barobarga — qariyb 2 mln.ga ortgan.
Elektron xizmatlardan foydalanganlar soni esa yil boshiga nisbatan 10,9 mln.ni tashkil etib, natijada ko‘rsatkich oflayn tarzda foydalanilganlardan deyarli 2 barobarga ko‘p bo‘lgan.
Shuningdek, Yagona portalning mobil ilovasida ham 2022-yilda 50 turdagi yangi onlayn xizmatlar joriy qilinishi, ularning sonini 156 taga yetkazdi.
Sentabr oyida “Mobile-ID” tizimi ishga tushirilgandi. Mazkur modul foydalanuvchilari soni 108 mingtani tashkil etib, shundan 40 mingdan ziyodi Yagona portalning mobil ilovasi orqali va 68 mingdan ortig‘i Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tgan.
“Spot” mazkur tizimdan qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.