Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryoda joylashgan “Yangiyer temir beton konstruksiyalar zavodi"ning 100% davlat ulushini auksionga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 81,9 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Jamiyat murakkab temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalar ishlab chiqarishga qaratilgan.

Yer maydoni 16,9 gektardan, bino maydoni esa 42563 kv.metrdan iborat.

Agentlikning izoh berishicha, xatlov davomida yangi aniqlangan qurulishi tugallanmagan bino-inshootlar umumiy qurilish osti maydoni 5242,47 kv.metrni tashkil etadi.

Bundan tashqari, tugallanmagan qurilishga ketgan xarajatlar 31,8 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksin joriy yilning 12-dekabr kuni soat 10:00da boshlanadi, arizalar esa shu kuni soat 09:00ga qadar havola orqali qabul qilinadi.

Lot haqida batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Toshkentda joylashgan “Kinder fruits” kompaniyasining 100% davlat ulushi auksionga qo‘yilgandi.