Markaziy Osiyo mamlakatlari dasturchilari maxsus “Google Android Bootcamp” loyihasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Mazkur loyiha dasturlash sohasida qo‘shimcha ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan.

Dasturning bir qismi sifatida ishtirokchilar Android, Jetpack Compose va Material Design bilan tajriba o‘rganish uchun bir nechta “Google” laboratoriyalarini bajarishlari kerak bo‘ladi.

Ishtirokchilar dasturni yakunlash uchun 4 ta modulni tugatishi va keyin sertifikatga ega bo‘lish uchun umumiy “Google” dasturlash profilini yuborishi kerak.

Dasturda ishtirok etish, shuningdek, dasturchilarga qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan haftalik murabbiylik mashg‘ulotlari bilan birga o‘tadi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, dastur dekabr oyining oxirigacha amal qiladi.

Loyihada havola orqali shug‘ullanishni boshlash mumkin. Batafsil bu yerda.


Avvalroq “Spot” “Google” texnik dastur menejerlari uchun amaliyot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.