Shvetsiyaning “H&M” kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish dasturi doirasida o‘z xodimlarini 1,5 ming kishiga qisqartiradi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri kompaniya matbuot ximatiga tayanib.
“Avval xabar qilinganidek, H&M guruhi xarajatlarni kamaytirish va biznes samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha global dasturni boshladi. Dastur ma’muriy va qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lib, shuningdek, xodimlarni taxminan 1,5 mingtagacha qisqartirishni nazarda tutadi”, deyiladi xabarda.
Bu 2023-yilning ikkinchi yarmida sezilarli bo‘ladigan 2 mlrd kron ($190 mln) atrofida yillik tejamkorlikni keltirib chiqarishi kutilmoqda.
Shuningdek, qisqartirishlar natijasida 2022-yilning toʻrtinchi choragida 800 mln krondan sal koʻproq ($76 mln) qayta qurish xarajatlariga olib kelishi kutilmoqda.
Avgust oyida “H&M” Rossiyadagi do‘konlarini zaxiradagi tovarlarni sotish uchun ochgani haqida xabar bergandi.
Keyinchalik kompaniya mamlakatdagi do‘konlarini yopayotganini e’lon qildi.
Shu yilning mart oyida shved riteyleri Ukrainadagi urush tufayli Rossiyadagi savdolarni to‘xtatishini, iyul oyida esa mamlakat bozoridan chiqishini e’lon qilgandi.
28-iyulda esa “Kommersant” o‘z manbasiga tayanib, H&M Rossiyadagi aktivlari uchun xaridor qidira boshlaganini yozdi.