“Salam Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu bo‘yicha, O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida agentlik tomonidan kompaniyaga ruxsatnoma berilgan.

Xususan, parvozlar 18-K sonli Maskat-Tashkent-Maskat va Maskat-Namangan-Maskat yo‘nalishlari bo‘yicha A320 va A321 havo kemalarida muntazam amalga oshirilishi belgilangan.

noyabrda kompaniya Maskat-Namangan-Maskat yo‘nalishidagi birinchi aviaqatnovni amalga oshirgandi.

Salam Air” kompaniyasi 2016-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Ummonning loukoster kompaniyasi hisoblanadi.


Avvalroq, “VietJet Air” Kamran-Toshkent-Kamran yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqchiligi haqida xabar berilgandi.