Davaktiv agentligi binosida quvvati 200 kVt/s bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
Mazkur quyosh elektr stansiyasi yiliga 480 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda agentlik binosini kunduz kuni elektr energiya bilan to‘liq ta’minlaydi.
Shuningdek, 408 ta quyosh elektr panellari hamda 6 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi. Shu bilan birga, ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
Avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari” binolari tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilayotgani haqida xabar berilgandi.
Natijada yiliga о‘rtacha 361 ming kVt soat elektr energiyasi tejalishi kо‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, Energetika vazirligi binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida ma’lum qilindi. Stansiya yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Bundan oldin “Farg‘ona IEM” qozon sexi binosiga 60 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilgandi.
Bu korxonada yillik elektr energiyasini esa 108 ming kVt/soatga tejash imkonini beradi.