Rossiya-Ukraina mojarosining Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi kichik biznesga taʼsiri mintaqa tadbirkorlik bazasini mustahkamlash boʻyicha takomillashtirilgan strategiyalar zarurligini koʻrsatadi, deyiladi Osiyo taraqqiyot bankining yangi hisobotida.
Bank tomonidan e’lon qilingan 2022-yilgi Osiyo kichik va o‘rta korxonalar tadqiqotining birinchi va ikkinchi jildlariga ko‘ra, mazkur holat mintaqadagi mikro, kichik va o‘rta korxonalarga (MSME) ta’siri xilma-xil va mamlakatga qarab farq qiladi.
Markaziy va G‘arbiy Osiyoda xususiy sektorda kichik va o‘rta korxonalar muhim rol o‘ynaydi.
2021-yilgacha mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular barcha korxonalarning 98,9%ini, ishchi kuchining 46,1%ini, ishlab chiqarishning 40,7%ini va umumiy eksportning deyarli uchdan bir qismini (32,4%) tashkil etgan.
Mintaqa COVID-19 pandemiyasidan tezda tiklangan bo‘lsa-da, Rossiya-Ukraina mojarosi va tegishli sanksiyalar mazkur korxonalar faoliyatini kuchaytirdi.
“Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi hukumatlar kichik va o‘rta biznes tashqi savdosini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ichki tovar bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z strategiyalarini yaxshilashlari kerak”, — dedi “OTB” bosh iqtisodchisi Albert Park.
“O‘sishga yo‘naltirilgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yangi samaradorlik imkoniyatlarini ochishga yordam beradi va bu qo’llab-quvvatlash yoshlar, ayollar, agrobiznes va texnologik startaplarga qaratilgan bo‘lishi kerak”, deyiladi hisobotda.
Hisobotga ko‘ra, mikro, kichik va o‘rta korxonalarni xalqarolashtirish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish iqtisodiy tiklanishni tezlashtirishga va inklyuziv, barqaror o‘sishga erishishga yordam beradi.
Sektorda boshqa Osiyo mintaqalariga nisbatan kichikroq ishchi kuchi ishlayotganligini hisobga olsak, Janubi-Sharqiy Osiyoda 67,3% va Janubiy Osiyoda 76,6% ish o‘rinlarini yaratish Markaziy va G‘arbiy Osiyoda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun muhim masala bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidalanadi hisobotda.
Raqamli ko‘nikmalar va infratuzilmani yangilash kichik biznesni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bilan bir qatorda muhim ahamiyatga ega.
Mintaqada kichik va o‘rta biznesni kreditlash bozori kichikligicha qolmoqda. 2015−2021-yillarda kichik va oʻrta hamda xususiy tadbirkorlarga bank kreditlari oʻrtacha yalpi ichki mahsulotning 9%ini va jami bank kreditlarining 31,4%ini tashkil etgan.
Avvalroq Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar O‘zbekiston iqtisodiyotida qanday rol o‘ynashini tahlil qilgandi