Joriy yilning 1-dekabridan “Kapitalbank” va “Ipak Yo‘li” banklari USD/UZS_MG instrumenti bo‘yicha valyuta fyucherslari bozorida market-meyker maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zRVB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Market-meykerlar majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • bozorda kunlik uzluksiz likvidlikni ta’minlash
  • savdolar davomida ma’lum miqdordagi fyuchers shartnomalarini sotib olish
  • sotish bo‘yicha ikki tomonlama kotirovkalarning minimal belgilangan umumiy miqdorini saqlash.

Shu bilan birga, bozor “ko‘lamini” (market depth) oshirishga xizmat qilishi belgilangan.

Market-meykerlar bitimlar hajmi oshishiga hamda valyuta kursi asosida bozor indikatorlari shakllanishida tijorat banklarining faollashishiga ko‘maklashadi.

O‘zRVB valyuta bozorida faoliyat 2021-yil 4-oktabrda joriy qilingan bo‘lib, market-meykerlar majburiyatlari va ularni mukofotlash tartibini belgilovchi tegishli dasturlar tasdiqlangan.


Avvalroq, birlamchi dilerlar o‘rtasida davlat qimmatli qog‘ozlarini (DQQ) joylashtirish bo‘yicha birinchi auksion savdolari o‘tkazilgandi.