Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Yashnobod tumanida joylashgan “Universal Tennis Plus” kompaniyasining ustav fondidagi 100% davlat ulushini sotuvga qo‘ydi.
Lotning boshlang‘ich narxi 29,5 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 1,4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bino maydoni 2366 kv. metrdan, yer maydoni 0,76 ga dan iborat.
Mazkur davlat ulushini sotib olgan investorlar jamiyatning 100% ulushiga nisbatan egalik qiluvchi ta’sischisi hisoblanadi.
Shuningdek, ta’sischi jamiyatning barcha kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari bilan birgalikda qabul qilishi keltirilgan.
Auksionda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yilning 2-yanvari, soat 09:00 gacha qabul qilinadi hamda shu kuni soat 10:00 da auksion boshlanadi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Sirdaryodagi “Yangiyer temir beton konstruksiyalar zavodi"ning 100% davlat ulushi auksionga qo‘yilgandi. Lotning boshlang‘ich bahosi qariyb 82 mlrd so‘mni tashkil etadi.