E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


“Spot” Oʻzbekiston banklaridagi boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar haqida ma’lumotlarni toʻpladi.

Hozirda mavjud 31 ta bankdan 5 tasida bunday turdagi avtokreditni rasmiylashtirish mumkin.

Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga, 25%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.

Mazkur kredit turi faqat jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • pasport (kafilniki ham);
  • kadastr hujjati;
  • rasmiy daromad haqida ma’lumot;
  • avtosalondan shartnoma.

Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

“Aloqabank”

  • Foiz stavkasi: 25%-26%
  • Muddati: 4 yil — 5 yil
  • Imtiyozli davr: 3 oy
  • Garov: turar yoki noturar joy, avtomobil

“Asia Alliance Bank”

  • Foiz stavkasi: 24%-28%
  • Muddati: 1 yil — 4 yil
  • Imtiyozli davr: yoʻq
  • Garov: sotib olinayotgan avtomobil

“Davr Bank”

  • Foiz stavkasi: 27,99%
  • Muddati: 5 yil
  • Imtiyozli davr: yoʻq
  • Garov: sotib olinayotgan avtomobil

Boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit faqatgina rasmiy daromad mavjud boʻlganidagina taqdim etiladi.


“Ipak Yoʻli Banki”

  • Foiz stavkasi: 26,9%
  • Muddati: 1 yildan 4 yilgacha
  • Imtiyozli davr: yoʻq
  • Garov: 3 yoshdan katta boʻlmagan avtomobil, noturar joy

“Saderatbank”

  • Foiz stavkasi: 28%
  • Muddati: 4 yil
  • Imtiyozli davr: yoʻq
  • Garov: avtomobil sugʻurta polisi

Avtokredit uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs rasmiy daromadi kamida 10 mln soʻm boʻlishi kerak.