Ma’lumot yangilandi: qatnovlar to‘xtatilmaydi.


Joriy yilning 5-dekabridan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, bunga kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababligi ta’kidlanmoqda.

Yo‘nalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq, kuchli qor tufayli Samarqand xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha cheklangandi.

“Aeroflot"ning Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha SU-1874 reysi va Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha “Turkish Airlines"ning TK-372 reysi Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan.

“Fly Dubai” aviakompaniyasining reysi ob-havo yomonlashgunga qadar — mahalliy vaqt bilan 03:07 da Samarqand aeroportiga qo‘ngan.

Biroq samolyotning yetib kelishi kechikib qolgani sababli Samarqanddan uchish vaqti soat 16:15 ga kechiktirildi. Shuningdek, aeroportda barcha zarur choralarni ko‘rilayotganini ta’kidlangan.

Samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha cheklovlar mahalliy vaqt bilan soat 13:00 gacha belgilangandi.