Toshkentda barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtincha yopildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shohobchalardan tashqari, boshqa avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopildi.
Bunga poytaxtda gaz zaxirasidagi yetishmovchiliklar sababligi ta’kidlanmoqda.
“Ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda — kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha iste’molchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti”, deyiladi xabarda.