Turkiyada inflyatsiya so‘nggi bir yarim yil ichida birinchi marta sekinlashib, noyabr oyida u bir oy oldingi 85,5%dan 84,3%ga tushdi, deya xabar bermoqda mamlakat Statistika instituti.
Mamlakatda narxlar oxirgi marta 2021-yil bahorida pasaygan va aprel oyida inflyatsiya 17,11%ni, may oyida 16,5%ni tashkil qilgan.
“Agar global miqyosda kutilmagan hodisalar roʻy bermasa, demak, inflyatsiya choʻqqisi oʻtib ketdi, biz pasayish tendensiyasiga kirdik”, — dedi Turkiya moliya vaziri Nureddin Nebati “Twitter"dagi sahifasida.
Noyabr oyida Turkiyada inflyatsiya “Bloomberg” tomonidan so‘rovnomadagi iqtisodchilarning o‘rtacha prognozidan past bo‘lib chiqgan.
2022-yil avgustidan Turkiya Markaziy banki stavkalarni 14%dan 9%gacha ketma-ket to‘rt marta pasaytirdi.
Bu ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyani pasaytirmoqchi bo‘lgan regulyatorlar tomonidan sinxronlashtirilgan kurs o‘sishiga zid keladi.
Ammo bu mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning talablariga javob beradi, uning fikricha, qarz olish xarajatlari pasayishi narxlarni pasaytirishi mumkin, deb hisoblaydi agentlik.
Turk valyutasining nisbiy barqarorligi ham narxlarning oshishini ushlab turishga yordam beradi.
“Societe Generale” strategi Marek Drymal, inflyatsiyaning Turkiya Markaziy bankining prognoz maqsadlariga qaytishiga shubha qilmoqda.
“Yillik inflyatsiya bir yil avval liraning tushishi bilan bog’liq asosiy ta’sirlar tufayli sekinlashsa-da, asosiy tendensiyalar hali ham tashvish uyg‘otadi”, — dedi u.
Agar hukumat bir necha oydan keyin saylovlar oldidan qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini ko‘rsa, narxlar yana bosim ostida qolishi mumkin.
“Kelgusi yilgi saylovlar oldidan siyosat olovga moy sepadi. Ammo bundan ham yomoni, xavf-xatarlar ham ortib bormoqda. Iqtisoddagi so‘nggi pasayish siyosiy rahbariyat tomonidan yanada katta moliyaviy rag‘batlantirishni keltirib chiqarishi, talab va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin”, — dedi “Bloomberg” iqtisodchisi Bahar Baziqiy.