Texnologik tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “AloqaTech Lab” dasturining ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastur korporativ akselerator yaratish va “Aloqabank” platformasida innovatsion xizmatlar va mahsulotlarni sinovdagi ishga tushirish platformasini tashkil etishga qaratilgan. Loyihaning birinchi to‘lqini joriy yilning bahorida bo‘lib o‘tgandi.

Unda boshlang‘ich g‘oyasi bo‘lgan hamda rivojlangan biznes modeli va MVP’ga ega bo‘lgan tajribali jamoalar ham ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha kovorking va ofis maydoni, ta’lim va konsalting faoliyati, texnik jihozlar, PR-yordam, networkining, hamkorlik va so‘rovlar bo‘yicha boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi.

Dastur 3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, hududlardagi startap-loyihalar ham virtual formatda ishtirok etishlari mumkin.

Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar ishtirok etishi belgilangan:

  • moliyaviy texnologiyalar (FinTech);
  • korporativ texnologiyalar (EnterpriseTech);
  • biznes uchun sun’iy intellekt (AI);
  • katta ma’lumotlar texnologiyalari (BigDataTech).

Tanlangan yo‘nalishda har bir startap jamoasi “Aloqabank” mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlaydi. Shuningdek, eng yaxshi ishtirokchilar “AloqaVentures"dan sarmoya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Arizalar 25-dekabrgacha qabul qilinadi. Loyihada ishtirok etish uchun havola orqali murojaat qilish kerak.


Avvalroq, dasturchilar uchun Google Android Bootcamp loyihasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.