Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6% ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlarida keltirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davrida 5,3%ni tashkil etgan. Natijada, joriy yilda aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi o‘tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7% ga sekinlashganini ko‘rish mumkin.
Joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 5,8%ga oshgandi.
Shuningdek, YaIMning o‘sish hamda kamayish sur’atlari 2018 hamda 2019-yillarda mos ravishda 3,8% hamda 3,7% tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga borib, tushganini ko‘rish mumkin — -1,4%.
Joriy yil boshida Jahon banki 2022 va 2023-yillarda milliy iqtisodiyotning oʻsishi mos ravishda 5,6 va 5,8% ni tashkil etishini haqida bashorat qilgandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining bashoratlariga ko‘ra, joriy yilning uchinchi va to‘rtinchi choragida YaIM dinamikasining o‘sish tendensiyasi ortib borishi birinchi yarim yillik ko‘rsatkichlariga nisbatan yillik hisobda YaIMning kamida 0,75%ga oshishiga olib kelishi kutilayotgandi.