Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shohobchalari faoliyatida avval e’lon qilingan reja-jadvalga o‘zgarish kiritilgan holda, 7-dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha cheklov o‘rnatildi, deya xabar bermoqda “O‘ztransgaz” matbuot xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, AGTKShlar faoliyati to‘xtatilmaydi. Reja-jadvaliga muvofiq vaqtincha cheklovlar joriy qilinadi.
Vaziyat izga tushishi bilan avval e’lon qilingan reja-jadval asosida ta’minot yo‘lga qo‘yilishi qayd etilgan.
Avvalroq Toshkentda barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shohobchalardan tashqari, boshqa avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopildi.
Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxini oshiradigan AYoQSHlarni ogohlantirdi. Narxlarni sun’iy ravishda oshirish holati aniqlansa, tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.