“Spot” 2022-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan xorijiy kompaniya, brendlar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga mamlakatda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 153 tani tashkil etgan. Natijada bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 870 taga ko‘paygan.

Investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakatdan Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar ulushi asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6%) va savdo (28,5%) sohalariga to‘g‘ri keladi.

2022−2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga $70 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib, eksport hajmini $30 mlrd.ga yetkazish maqsad qilingan.

Davlat rahbari xorijiy investorlar bilan ishlashni tashkil etishning quyidagi tartibini belgilab berdi:

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida Sarmoyadorlarni qo‘llab-quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi;
  • ishchi guruh Xorijiy investorlar kengashi huzurida faoliyat yuritib, chet ellik sarmoyadorlarni kompleks va tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi;
  • investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni “yagona oyna” tamoyili asosida ko‘rsatadi va boshqalar.

O‘zbekistonning Fransiya bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda fransuz tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirishi ham xorijiy investorlarga bo‘lgan talabning yuqoriligini isbotlaydi.

Xullas, biz, mahalliy bozorga kirib kelgan va kirishni rejalashtirayotgan xalqaro kompaniyalar haqidagi muhim ma’lumotlarni tanladik.


Wildberries

O‘zbekistonliklar uchun 20 mlnga yaqin tovarlar mavjud: rus va xaqlaro brendlarga tegishli kiyim-kechaklar, poyabzallar, aksessuarlar, texnika buyumlari, kitoblar, zoo mahsulotlar va boshqa maishiy tovarlar. Bundan tashqari, kelgusida assortimentni kengaytirish rejalashtirilgan.

Buyurtmani riteylerning veb-saytida yoki mobil ilova (iOS, Android) orqali berish mumkin.


220volt

O‘tgan yili “220volt” DIY-doʻkonlar tarmogʻi MDH davlatlari, xususan O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida xabar berilgandi. Bog‘dorchilik uskunalari, ish asboblari va qurilish materiallari kabilarni sotuvchi kompaniya hozir mamlakatda faoliyat olib bormoqda.


inDriver yuk tashish xizmati

inDriver transport startapi Toshkentda yuk tashish xizmatini ishga tushirdi. Xizmat oddiy sayohat buyurtmasiga oʻxshash prinsiplar asosida ishlaydi. Ilovada

“Yuk” yorligʻini tanlash, yetkazib berish manzilini koʻrsatish, yukni tavsiflash va narxni kiritish kerak. Bundan tashqari, yuk koʻtaruvchilarni ham yollash mumkin.

Buyurtma eʼlon qilingandan soʻng, ijrochilarning fikr-mulohazalari kela boshlaydi, ular narx va reyting boʻyicha tanlanishi mumkin. Maʼlum vaqtga transportni bron qilish funksiyasi ham mavjud.

Kompaniyaning o’zi 2021-yilda O’zbekistonga kirib kelgandi.

investitsiya, xorijiy kompaniyalar, yil yakuni


Sigma Software

Shvetsiya kompaniyasi bosh direktori Valeriy Krasovskiy O‘zbekiston ulkan salohiyatga egaligi hamda davlat darajasida IT-sanoat va innovatsiyalar sohasida ambitsiyani namoyish etayotganini ta’kidlagandi.

“O‘ylaymanki, bu rivojlanish va hamkorlik uchun yaxshi vaqt. Sigma Software ishlab chiqish bo‘limi mavjud bo‘lgan har bir shaharda biz IT sohasidagi tajribamiz bilan o‘rtoqlashamiz, universitetlar bilan hamkorlik qilamiz, hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlaymiz va o‘z tadbirlarimizni o‘tkazamiz”, — degandi u.


ATI.SU

“ATI.SU” — bu MDHdagi eng yirik onlayn-platformalardan biri bo‘lib, tovarlarni yetkazib berishga buyurtmalar beradi. Oktabr oyi boshida u o‘zbek yuk jo‘natuvchilari va tashuvchilari uchun kirish imkoniyatini qo‘shdi, shuningdek, Toshkentda vakolatxonasini ochdi.


Reikartz

Joriy yilda “Reikartz” xalqaro mehmonxona tarmog‘ining dastlabki ikkita mehmonxonasi Buxoro va Qo‘qonda ochildi.

Buxorodagi to‘rt yulduzli “Reikartz Bahor” mehmonxonasi xalqaro aeroport yaqinida joylashgan. Unda banket zali bo‘lgan Marmaris restorani, basseynli kurort majmuasi va fitnes zali mavjud.

Qo‘qonda 31 xonadan iborat 3 yulduzli “Reikartz Kokand” mehmonxonasi o‘z eshiklarini ochdi. U biznes markazida, tarixiy joylarga yaqin joylashgan.


bi1

Fransiyaning “bi1” oziq-ovqat tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib, Toshkentda uchta do‘kon ochdi. Xususan, do‘konlar Uchtepa va Chilonzor tumanlarida joylashgan.

“bi1” do‘konlari bir nechta mamlakatlarda 160 do‘konga ega bo‘lgan “Schiever” chakana kompaniyasining bir qismidir. 1996-yildan beri u dunyodagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i operatorlaridan biri bo‘lgan “Auchan Holding"ning hamkori hisoblanadi.

investitsiya, xorijiy kompaniyalar, yil yakuni


Trekmark

Kompaniya raqamli markalash uchun asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotni yetkazib berib, murakkab texnik yechimlarni joriy etadi va ularga xizmat ko‘rsatadi.

“Biz O‘zbekiston bozorini markalashning tasdiqlangan texnologiyalari bilan ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz”, — degandi kompaniyaning marketing bo‘yicha direktori Aleksandr Sudnev.


Magnit

Rossiyaning “Magnit” riteyleri O‘zbekistonda “Magnit Cosmetic” do‘konlarini ochdi. Kompaniya rahbari Yan Danning O‘zbekiston bozorining jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotganini va ulkan salohiyatini qayd etdi.

investitsiya, xorijiy kompaniyalar, yil yakuni


Chery

Joriy yilning iyul oyida “Roodell” Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi “Chery” kompaniyasining mamlakatdagi rasmiy distribyutoriga aylandi.

“Olti oydan sal koʻproq vaqt ichida biz Qozogʻistonda oyiga 500 ta avtomobil sotish koʻrsatkichiga yetdik. Bu juda yaxshi natija va O‘zbekistonda ham xuddi shunday mo‘jizani yaratishga umid qilamiz”, — degandi “Chery International” kompaniyasining marketing boʻyicha direktori Xuan Chjou.

Yana qaysi kompaniyalar chiqishi mumkin

EXEED

Xitoyning “EXEED” brendi O‘zbekistonda o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Mazkur avtomobil brendi AQSh, Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlarga kirib borgan.

“Chery” brendi bo‘lishimizga qaramasdan, ishlab chiqarish zavodi hamda dilerlik tarmog‘ini undan alohida rivojlantiramiz", — degandi kompaniya vakili.

investitsiya, xorijiy kompaniyalar, yil yakuni


IntercityHotel

“IntercityHotel Tashkent” mehmonxonasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan bo‘lib, 2023-yilning 1-choragida ochilishi rejalashtirilgan.

Mehmonxona 122 ta nomer, biznes tadbirlar yoki forumlarga mo‘ljallangan konferensiya zali, basseyn, sport zali va boshqa xizmat turlarini qamrab oladi.


IThub

Rossiyaning texnologik taʼlim tarmogʻi “IThub” xorijiy bozorlarga jumladan, Markaziy Osiyoga chiqishni rejalashtirmoqda. Kompaniya biznesni rivojlantirish uchun O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Kipr, Isroil va Indoneziya bozorlariga kirishi mumkin.

Hozir “IThub” ta’lim kontentini o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.


Kyongnam bank

Janubiy Koreyaning “BNK Kyongnam bank"i O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlariga ixtisoslashgan sho‘ba bankini ochish niyatida. Bank 2021-yil 11-martda Markaziy bankning akkreditatsiyasiga asosan O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan.

investitsiya, xorijiy kompaniyalar, yil yakuni