Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxini oshiradigan AYoQSHlarga ogohlantirish bilan chiqqandi.
Unga ko‘ra, respublikaning ayrim hududlaridagi AYoQSHlarda Ai-80 benzinning chakana narxlari o‘rtacha 6 800 so‘mdan 7 100 so‘mgacha oshganligi kuzatildi.
Aholini gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopilishi evaziga benzinga bo‘lgan talab oshganligi uchun asossiz qo‘shimcha daromad olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ramoqda.
Bu kabi holatlar kuzatilmasligi uchun birja savdolariga qo‘yiladigan Ai-80 markali benzinning kunlik hajmlarini oshirish va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, qo‘mitaning ma’lum qilishicha, 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan birja savdolarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ikkinchi sessiyaga 2 500 tonna Ai-80 benzini savdoga qo‘yilgan.
Birinchi sessiyada ishtirok etgan mijozlar ikkinchi sessiyadagi savdolarda ham ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, ularga jami 5 ming tonna benzin xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
Bundan tashqari, ikkinchi sessiyaga “SEG TASCO” tomonidan ham 1 220 tonna (jami 2460 tonna) Ai-80 benzini birja savdolariga qo‘yilgan.
Qo‘mita ichki bozorni benzin mahsuloti bilan barqaror ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rilayotganligini, ajiotaj va ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilmoqda.