Abu-Dabida joylashgan Xalifa Fan va Texnologiya universiteti magistratura va doktarantura dasturlariga arizalar qabul qilmoqda.
Universitet muhandislik, tibbiyot, xavfsizlik, fan va texnologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalarni qabul qiladi. Magistratura va doktaranturada mavjud yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin.
Nomzodlar ingliz tili bo‘yicha iBT TOEFLdan 91 ball yoki IELTSdan 6,5 ballga ega bo‘lishlari kerak.
Shuningdek, ikkita tavsiyanoma hamda maqsad bayonini taqdim etish kerak. Bundan tashqari doktarantura uchun hujjat topshiruvchilardan tadqiqot bayonoti so‘raladi.
Har ikki yo‘nalish nomzodlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish kerak. Qabul talabiga javob beruvchi nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.
2023-yilning kuzgi semestr uchun qabul ikki marotaba amalga oshiriladi.
Birinchi qabul 2023-yilning 15-yanvarigacha davom etadi va javoblar mart oyida e’lon qilinadi. Ikkinchi qabul 30-aprelgacha davom etib, qabul qilinganlar iyun oyida ochiqlanadi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Xitoy instituti magistratura va doktarantura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.