Joriy yilning noyabr oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,7%ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlarida keltirilgan.
Bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 3,2% ga oshganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davrishga nisbatan pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari o‘rtacha 4,2% ga oshgan.
Shuningdek, noyabr oyida moliyaviy xizmatlar narxlari bir oyda o‘rtacha 0,2%ga oshgan.
Joriy yilning to‘qqiz oyda O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $12,6 mlrd.ni tashkil etgandi. Yilning birinchi choragida esa O‘zbekistonga chet eldan $1,47 mlrd.lik pul o‘tkazmalari yuborilgan.