HeadHunter tahliliga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekiston ish bozorida taklif etilgan o‘rtacha ish haqi 7,3 mln so‘mni tashkil qilgan (“Spot"da mavjud).

Mazkur davrda eng yuqori ish haqi konsultantlarga taklif etilgan bo‘lib, o‘rtacha 14,1 mln so‘mni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich sentabr oyida konsultantlarga taklif qilingan o‘rtacha ish haqiga nisbatan 2,5 mln so‘mga oshganini ko‘rish mumkin.

Undan keyingi yuqori maoshni 12,2 mln so‘m bilan IT mutaxassislari egallashgan. Shuningdek, kuchli uchlikni top-menejerlar yakunlab, ularga taklif etilgan ish haqi o‘rtacha 11,7 mln so‘mni tashkil etgan.

Ish beruvchilarning deyarli 60%iga 1−3 yillik tajribaga ega xodimlar kerak.

Barcha sohalar bo‘yicha ish beruvchilar takliflari, so‘mda:

Sohalar
O’rtacha ish haqi
Maksimal ish haqi
Konsultatsiya (maslahat) berish
14 125 386
56 526 882
Axborot texnologiyalari, internet, telekom
12 298 993
48 521 700
Top-menejer
11 717 81130 081 118
Buxgalteriya, boshqaruv hisobi, tashkilot hisoblari
10 565 87022 560 973
Kadrlar boshqaruvi, treninglar
9 149 93515 040 649
Banklar, investitsiyalar, lizing
8 622 48644 927 500
Qurilish, ko‘chmas mulk
7 718 54523 362 300
Yuristlar
7 106 09317 547 424
Tibbiyot, farmatsevtika
7 057 21220 054 424
Ilm-fan, ta’lim
6 667 60015 040 649
Marketing, reklama, PR
6 354 90516 957 975
Sotuvlar
6 292 00720 054 198
Ishlab chiqarish
6 081 20715 827 419
Ishchi xodimlar
5 650 44223 362 300
San’at, mass-media5 23 84511 531 092
Transport, logistika
5 580 35516 957 975
Xaridlar5 320 13515 827 419
Ma’muriy xodimlar
5 262 80710 174 821
Turizm, mehmonxonalar, restoranlar
4 926 92915 040 649
Xavfsizlik
3 969 97416 957 975
Uy xodimlari2 986 42110 027 099

Joriy yilning yanvar-sentyabr oyida O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 3,7 mln so‘mni tashkil qilgandi.