Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 5 ta kitob
“Microsoft” kompaniyasi asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida o‘qishni maslahat beradigan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi.
“Binance” kriptobirjasi O‘zbekistonda vakansiya ochdi
Kompaniya bosh menejerlikka O‘zbekistondan arizalar qabul qilmoqda.
Yil yakuni: 2022-yilda O‘zbekiston bozoriga qanday xorijiy kompaniyalar kirib keldi
“Spot” yakunlanib borayotgan yilda O‘zbekiston bozoriga kirgan xorijiy kompaniyalar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
“AKFA Group” rahbari Kamran Gulamov tavsiya qilgan 5 ta kitob
U “Spot” nashri bilan o‘zining sevimli kitoblari, jumladan, jahon adabiyoti durdonalari hamda biznesga oid bestsellerlar to‘plami bilan o‘rtoqlashdi.
Abu-Dabi universiteti magistratura va doktarantura dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Nomzodlar yuqori ko‘rsatkichga, IELTS 6,5 sertifikatiga va boshqa talablarga javob berishi kerak.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Antimonopol qo‘mita “Benzin narxi” Telegram-botini ishga tushirdi. U orqali foydalanuvchi yaqin joyda joylashgan shohobchani tanlab, benzin narxi haqida ma’lumot olishi mumkin.
- Yil oxirigacha frilanserlar tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi $11 mlnga yetishi kutilmoqda. Hozir $8,3 mln bilan Toshkent yetakchilik qilmoqda.
- Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara nazoratini yengillashtiradi. Xususan, ikki mamlakat fuqarolari ID-kartasini ko‘rsatish orqali chegaradan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
- Namanganda Yevropaning “Hugo Boss”, “Carl Gross” brendi kiyimlari ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati $40 mlnni, mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mln donani tashkil etadi.
- Ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan “Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunda keltirilgan.
- IT bo‘yicha “Central Asian Tech Awards” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Unda 7 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirok etish mumkin. G‘oliblar AQShning Kremniy vodiysiga sayohat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
- “Telegram” navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi. Xususan, messenjerda SIM-kartasiz hisob ochish, global avtomatik oʻchirish taymeri, spamga qarshi kuchaytirilgan himoya va boshqa imkoniyatlar paydo boʻldi.
- Tadbirkorlar O‘zbekistonda biznes muhitini ijobiy baholamoqda. Ularning 47%i o‘z biznesining hozirgi holatini “yaxshi” deb hisoblasa, 10%i esa “yomon” deb baholaydi.
- O‘zbekiston ish bozorida taklif etilgan o‘rtacha ish haqi 7,3 mln so‘mni tashkil qildi. Eng yuqori ish haqi konsultantlarga taklif etilgan — o‘rtacha 14,1 mln so‘m.
- 299 ta AYoQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatildi — “O‘zneftgazinspeksiya”. Bunga shohobchalarning narxni asossiz oshirgani hamda mahsulot sifatini buzgani sabab bo‘lgan.