“IT Park” delegatsiyasi Bangladeshning bir qancha yirik kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda texnopark matbuot xizmati.
Xususan, “Dohatech New Media” kompaniyasi Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi korporativ va hukumat mijozlari uchun maxsus dasturiy yechimlarni ishlab chiqishda 25 yildan ortiq tajribaga ega hisoblanadi.
Tomonlar “Dohatec New Media” kompaniyasining O‘zbekistonda ofisini ochishga kelishib olishdi. Shuningdek, uchrashuvda bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
“IT Park” vakillari Bangladeshning biznes autsorsing (BPO) sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Genex Info” kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi Bangladesh BPO korxonalariga mamlakatdagi sanoatning ahvoli va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
“IT-Park"da biznes xizmatlarini autsorsing qilish “O‘zbekistonning IT-eksporti uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri” deb nomlandi. 2022-yilning yanvar-sentyabr oylaridagi maʼlumotlarga koʻra, u $38 mln yoki Oʻzbekiston IT eksportining deyarli yarmini tashkil etgan.
Ushbu sohadagi buyurtmalarni jalb qilish uchun texnopark AQSh bilan qo‘shma korporatsiya tuzdi.
Samarqandda boʻlib oʻtgan “ICTWeek” doirasida bir qator autsorsing shartnomalari imzolandi. Texnopark “Huawei” kompaniyasi bilan Termiz va Namanganda BPO markazlarini ochishga kelishib oldi.
Xitoyning yana bir kompaniyasi “ZTE” Samarqand va Farg‘onada yana ikkita markaz ochishga yordam beradi.