Rossiyaning “Svetofor” savdo tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga chiqadi, deya xabar bermoqda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati.
Xususan, mamlakatdagi dastlabki do‘konlarning ochilishi joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkentda, 15-dekabr kuni Farg‘ona va Andijonda o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, “Svetofor” Rossiyadagi eng yirik iqtisodiy toifadagi chakana savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. 2009-yilda tashkil etilgan kompaniya arzon narxlarda tovarlarni taklif qiluvchi 3 mingga yaqin do‘konga ega.
Joriy yilda Rossiyaning “Magnit” hamda “Trekmark” kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirdi. Xususan, “Magnit” riteyleri “Magnit Cosmetic” do‘konlarini ochdi.
Avvalroq, “Spot” 2022-yilda O‘zbekiston bozoriga qanday xorijiy kompaniyalar kirib kelgani haqida ma’lumotlarni bir joyga jamlagandi.