“Forbes” nashri 2022-yilning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng yuqori pog‘onani birinchi marta “Tesla” hamda “SpaceX” asoschisi Ilon Mask egalladi.
Uning boyliklari $219 mlrdni tashkil etib, “Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirdi. Bezosning boyliklari $171 mlrd.ni tashkil qilgan.
Mask avvalroq “Forbes” talqiniga ko‘ra, AQShning 400 ta eng boy biznesmenlari qatorida birinchilikni egallagandi.
Shuningdek, mazkur reytingda yetakchilikni “Louis Vuitton” va “Sephora” brendlari rahbari Bernard Arno $158 mlrd bilan, “Microsoft” asoschisi Bill Geyts $129 mlrd bilan hamda “Berkshire Hathaway” bosh direktori Uorren Baffet $118 mlrd bilan egallab turibdi.
Bundan tashqari, ro‘yxatda tadbirkor Alisher Usmonov o‘tgan yilgi reytingdan 68 pog‘ona pastlab, $11,5 mlrd boyligi bilan 167-o‘rinni egallagan.
“Telegram” asoschisi Pavel Durov esa $15,1 mlrd boyligi bilan ketma-ket ikkinchi yil BAAning eng boy odamiga aylandi. Durov umumiy reytingda 123-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, barbadoslik xonanda Rihanna $1,7 mlrd boyligi bilan ilk bor mazkur reytingdan joy oldi.
O‘rni | Eng boy 5 ta biznesmen | Kompaniyasi | Boyligi |
1 | Ilon Mask | “Tesla”, “SpaceX” | $251 mlrd |
2 | Jeff Bezos | “Amazon” | $171 mlrd |
3 | Bernard Arno | “Louis Vuitton”, “Sephora” | $158 mlrd |
4 | Bill Geyts | “Microsoft” | $129 mlrd |
5 | Uorren Baffet | “Berkshire Hathaway” | $118 mlrd |