Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2022-yilning 15−22−29-dekabr kunlari va 2023-yilning 5−12−19−26-yanvar kunlari amalga oshiriluvchi qo‘shimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi:
- Toshkent 07:55 — Andijon 13:46.
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi:
- Andijon 16:00 — Toshkent 21:45.
Yo‘nalish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan, shuningdek, havola orqali onlayn olish mumkin.
Shuningdek, kompaniya Toshkent-Termiz-Toshkent hamda Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha ham qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Chegirmalar joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amal qiladi.
Chiptalarni elektron tarzda havola orqali olish mumkin.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi ham talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi.
Xususan, chegirma joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.