Noyabr oyida “Spot” Adliya vazirligining “Intellektual Mulk” ma’lumotlar bazasida “Air Samarkand” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza paydo bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Ariza Intellektual mulk departamentiga “Sam Air” kompaniyasi tomonidan topshirilgan.

“Asia Connect: Airline Network Development” konferensiyasida aviakompaniya haqida batafsil ma’lumot berildi, xabar beradi “Spot” muxbiri.

“Air Samarkand” nimada va qayerga uchadi

Birinchi bosqichda ikkita Airbus A320 samolyotida 14 ta yo‘nalish bo‘yicha muntazam parvozlar amalga oshiriladi. Ular Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlari, Dubay, Abu-Dabi, Jidda, Doxa, Dehli, Sankt-Peterburg, Sochi, Qozon, Samara va Tel-Avivdir.

Shuningdek, qator aviakompaniyalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzish rejalashtirilgan.

Birinchi ikkita samolyot toʻliq tejamkor konfiguratsiyaga ega boʻladi — salonda 187 ta ekonom-klass oʻrindiqlari mavjud. Yil davomida shu turdagi, lekin biznes-klass oʻrindiqlariga ega yana bir nechta samolyotlar xarid qilish rejalashtirilmoqda.

“Shuningdek, Airbus A330 kabi samolyotlarni sotib olamiz. Ular yoʻnalishlar tarmogʻini va xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshiradi”, — deydi “Air Samarkand” rahbari birinchi oʻrinbosari Salohiddin Nasirov.

Ta’kidlanishicha, “Air Samarkand” loukoster sifatida rejalashtirilmagan — adolatli, oqilona va raqobatbardosh narx siyosatiga amal qilinadi.

“Bu, ayniqsa, yengil yuk bilan qatnovchi sayohatchilar uchun arzon narxlarni anglatadi. Tariflar samolyotda ovqatlanishni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, bortda koʻngilochar tizimni taqdim etamiz”, — deydi aviakompaniyaning bort kuzatuvchilar boʻlimi boshligʻi Svetlana Isyanova.

Brend haqida. Aviakompaniya ramzi yo‘l ko‘rsatuvchi yulduz bo‘lib, u oson parvoz, sayohat, yangi kashfiyotlar va afsonaviy samarqandlik astronom Mirzo Ulug‘bekga hurmatni anglatadi.

Brendning rang sxemasi Samarqandning anʼanaviy bezaklari va mozaikalariga asoslangan. Asosiy rang moviy bo‘lib, u aslida osmon va parvozlarni anglatadi.

Ishonchimiz komilki, bunday samolyot e’tiborni tortadi va O‘zbekistonni, Samarqandni eslatadi, deydi Salohiddin Nasirov.

air samarkand, aviakompaniya


Yagona davlat reestri maʼlumotlariga koʻra, “Sam Air” joriy yilning aprel oyida 2,48 mlrd soʻm ustav kapitali bilan tashkil etilgan.

Kompaniya faoliyatining asosiy turi havo transportida yo‘lovchi tashish hisoblanadi.

Ustav kapitalining 51%i asosiy taʼsischi Fazilov Baxtiyor Shuhratovich, qolgan 49%i Gʻofurov Bahodir Ismoilovichga tegishli.

Shuningdek, Fazilov Kiprning “Belvor Holdings” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 99% aksiyasi “Sanoat Energetika Guruhi Enera"ning minoritar ulushiga ham egalik qiladi.