O‘zbekistonga Turkmanistondan tabiiy gazi importi 1,5 mlrd kub metrga oshiriladi, deya xabar bermoqda “Reuters” nashri.
Mazkur kelishuv 12-dekabr kuni Ashxobodda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan imzolangan.
Xabarga ko‘ra, Turkmaniston har kuni 15 mln kub metrga yaqin gaz import qiladi. Endi bu ko‘rsatkich energiya resurslari taqchilligini qoplash uchun qo‘shimcha 20 mln kub metrga oshiriladi.
O‘zbekistonga yetkazib beriladigan gaz hajmi 3 oyda jami 1,5 mlrd kub metrni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Buning natijasida qish mavsumida mamlakatda qish kunlarida yuzaga kelgan gaz muammosi to‘liq hal qilinishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importi kunlik hajmini oshirgani haqida xabar berilgandi.
Xususan, sutkalik elektr energiyasi import amaliyoti 17−18 mln kVt-soatdan 20−21 mln kVt-soatga ko‘paytirildi.
Shuningdek, Sardor Umurzoqov energetika sohasidagi vaziyat yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan edi.
Uchrashuvda gaz inqirozdan chiqish chorasi sifatida aholoiga kuniga kamida 5 mln kub metr tovar gazini yetkazib berishni taʼminlash topshirildi.
Shu bilan birga, 2023-yil 1-martgacha davlat muassasalariga avtomobillarga yoqilg‘i quyish uchun gazdan foydalanish taqiqlanadi. Buning o‘rniga benzindan foydalanishga ko‘rsatma berildi.