Yanvar: 2022-yil yanvar oyi boʻyicha Oʻzbekiston banklaridagi eng daromadli omonatlar
“Spot” 2022-yil yanvar oyida Oʻzbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini oʻrganib chiqib va eng daromadli banklarni tanlagandi.
Fevral: Banklardagi ikkilamchi ipoteka kreditlari boʻyicha holat
2022-yil fevral oyida Oʻzbekistondagi ikkilamchi ipoteka krediti taqdim etuvchi tijorat banklar va eng qulay tariflar haqida ma’lumot taqdim etildi.
Mart: Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirilmoqda
Haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda — 2023 yilning 31-dekabriga qadar uzaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Aprel: 1-maydan yangi Yoʻl harakati qoidalari amalga kiritiladi
Qarorga koʻra, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bogʻchalar atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
May: Pensionerlar, nafaqaxoʻrlar, kam taʼminlanganlar bir martalik pul yordami oladi
Prezident qarori bilan quyidagi shaxslarga bir martalik yordam beriladi: yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilar.
Iyun: Bill Geyts yozda oʻqish uchun TOP-5 kitobni tavsiya qildi
Milliarder qisqa roʻyxatda iqlim oʻzgarishi, gender notenglik, ilmiy-fantastik asarlar haqida soʻzlab beradi.
Iyul: Boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit olish: banklar, kerakli hujjatlar va shartlar haqida
“Spot” iyul oyi holati boʻyicha banklardagi boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar haqida ma’lumot bergandi.
Avgust: Ta’lim krediti kimlarga beriladi va uni olish tartibi qanday
Ta’lim kreditlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Sentabr: Xotin-qizlarga qaysi banklar foizsiz ta’lim krediti ajratadi. Ro‘yxat
Hukumat qarori bilan xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan foizsiz ta’lim krediti ajratish tartibi joriy qilindi. Bunda, talaba va bank o‘rtasida 14%li ta’lim krediti ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi hamda kredit bo‘yicha foiz stavkalari to‘liq davlat budjetidan qoplanadi.
Oktabr: Xorijdagi o‘zimiznikilar: Amazonga ishga kirgan Jahongir Rahmonov hikoyasi
Dasturchi oliygohlardagi ta’limning nega muhimligi, “Amazon"ga ishga kirish bosqichlari va Germaniyadagi IT-mutaxassislarining o‘rtacha oylik maoshlari haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
Noyabr: “Yangi o‘yinchilarning kirishi juda muhim”: Firuz Allayev O‘zbekiston internet savdo tizimidagi muammolar, raqobat va sohani rivojlantirish yo‘llari haqida
Tadbirkor $70 minglik xatosi, mamlakatdagi internet savdo tizimini nega past baholashi, nima uchun xodimlardan ko‘ra ko‘proq tizimga ishonish kerakligi va “Uzum” marketpleysi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
Dekabr: Abu-Dabi universiteti magistratura va doktarantura dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Abu-Dabida joylashgan Xalifa Fan va Texnologiya universiteti magistratura va doktarantura dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Universitet muhandislik, tibbiyot, xavfsizlik, fan va texnologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalarni qabul qiladi.