“Puls So‘rov” asoschisi Shavkat Karimov “IT Park” bilan hamkorlikda “Volontyorlar guruhi” loyihasiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda tadbirkor “Facebook"dagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston IT-hamjamiyatini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani hamda uning volontyorlarini yig‘ishni boshlamoqdamiz”, — deya yozadi Shavkat Karimov.
Xususan, volontyorlar quyidagi lavozimlarga taklif etilmoqda:
- loyiha koordinatori;
- grafik dizayner;
- kopirayter.
Ta’kidlanishicha, loyiha natijasida volontyorlar keyinchalik “IT Park"da faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Loyihaga O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilar qabul qilinadi.
Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin hamda nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, tadbirkor “Reputation Management Kings”, “Favorite Words” kabi Rossiya hamda AQShdagi bir nechta kompaniyalar egasi hisoblanadi.
Avvalroq, “IT Park” “Coursera” platformasida 3 ta kursni tanlab olish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi. Tanlangan kurslarga 1 mlndan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar bepul o‘qitiladi.