“Spot” joriy yilning to‘qqiz oyi bo‘yicha O‘zbekiston banklarining moliyaviy hisoboti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, bu davrda “O‘zmilliybank” eng yuqori sof foyda bilan birinchi o‘rinda turibdi. Xususan, bank daromadlari sentabrga kelib 1,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinda 800,8 mlrd so‘m sof foyda bilan “Kapitalbank” turgan bo‘lsa, mazkur kuchli uchtalikni 748,9 mlrd so‘m foyda bilan “Ipoteka bank” yakunlab berdi.
Umuman, daromadi 300 mlrd so‘mdan oshgan banklar soni 10 tani tashkil etdi:
- “O‘zmilliybank” — 1,5 trln so‘m;
- “Kapitalbank” — 800,8 mlrd so‘m;
- “Ipoteka bank” — 748,9 mlrd so‘m;
- “Hamkorbank” — 531,7 mlrd so‘m;
- “Trastbank” — 498,1 mlrd so‘m;
- “O‘zsanoatqurilishbank” — 481,6 mlrd so‘m;
- “Ipak Yo‘li Bank” — 402,2 mlrd so‘m;
- “Qishloq qurilish bank” — 378,5 mlrd so‘m;
- “Xalq bank” — 327,2 mlrd so‘m;
- “Orient Finance bank” — 310,0 mlrd so‘m.
7 ta bank 100 dan 200 mlrd so‘mgacha foyda oldi:
- “Aloqabank” — 160,1 mlrd so‘m;
- “Davr bank” — 150,8 mlrd so‘m;
- “KDB Bank O‘zbekiston” — 148,8 mlrd so‘m;
- “InFinbank” — 140,2 mlrd so‘m;
- “Asia Alliance bank” — 136,6 mlrd so‘m;
- “Universal bank” — 130,4 mlrd so‘m;
- “Agrobank” — 115,1 mlrd so‘m.
Navbatdagi 7 ta bank esa 10 dan 100 mlrd so‘mgacha foyda oldi:
- “Turonbank” — 90,2 mlrd so‘m;
- “Asakabank” — 50,7 mlrd so‘m;
- “Ziraat bank O‘zbekiston” — 49,4 mlrd so‘m;
- “Mikrokreditbank” — 48,3 mlrd so‘m;
- “Uzum bank” — 26,6 mlrd so‘m;
- “Madad Invest bank” — 24,6 mlrd so‘m;
- “Poytaxt bank” — 17,4 mlrd so‘m.
10 mlrd so‘mgacha daromat olgan banklar soni 3 tani tashkil etdi:
Bu davrni zarar bilan yakunlagan banklar ham mavjud, xususan, “TBC bank” 114,9 mlrd so‘m, “O‘zagroeksportbank” 18,6 mlrd so‘m hamda “Ravnaq-bank” 8,6 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.
Shuningdek, mazkur hisobotlar qatorida “Saderat bank” ma’lumotlari taqdim qilinmagan.
Avvalroq, Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirgandi. Mazkur dinamikadan kelib chiqib shakllanadigan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani keyingi yilgi prognoz darajasiga pasaytirishga zamin yaratib borishi ta’kidlangan.