“Yevroosiyo banki” O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini tashkil etadi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu bo‘yicha Qozog‘istonning Markaziy banki tomonidan qaror qabul qilinib, mamlakatda faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnoma berilgan.
“Yevroosiyo banki” 1994-yili tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Olmaotada joylashgan. Bank ustav kapitali 61,1 mlrd tengeni tashkil etadi. Shuningdek, sof foydasi — 13 mlrd tenge.
2019-yilning iyul oyida Qozog‘istonning “Halyk Bank” sho’ba korxonasi bo‘lgan “Tenge Bank” O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlagandi.