Yashnobod innovatsion texnoparkida Yaponiyaning “Trusted” kompaniyasi asoschisi Fariza Abidova bilan onlayn mahorat darsi o‘tkaziladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Fariza Abidova — mazkur korporatsiya asoschisi. Bu kompaniya innovatsiyalarni akseleratsiya qilish bilan shug‘ullanadi.
Kompaniya “Meta”, “BMW”, “Tokyo Metropoliten”, “Yasakawa” kabi brendlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Unda kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyatlari, venchur kapitalistlarni topish usullari hamda Yaponiya yirik kompaniyalari o‘z bizneslarini qanday boshqarishi haqida so‘z yuritiladi.
Onlayn seminar joriy yilning 19-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, unda ishtirok etish bepul.
Buning uchun seminar kuni havola orqali “Zoom” platformasiga ulanish kerak. (Uchrashuv identifikatori: 854 6828 0451. Kodi: 811012).
Batafsil ma’lumot bu yerda.