Yil yakunlari: 2022-yilda Spot’da eng koʻp oʻqilgan materiallar
“Spot” yakunlanib borayotgan yilda sayt oʻquvchilari tomonidan eng koʻp oʻqilgan materiallar roʻyxatini taqdim etadi.
IT bo‘yicha 5 ta kitob: Go dasturlash tili
Ushbu to‘plam Go dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
Air Samarkand birinchi bosqichda 14 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi
Birinchi ikkita Airbus A320 samolyoti toʻliq tejamkor konfiguratsiyaga ega boʻladi. Yil davomida shu turdagi, lekin biznes-klass oʻrindiqlariga ega yana bir nechta samolyotlar xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Yil yakunlari: 2022-yilda Mover.uzda eng ko‘p ko‘rilgan videolar
Bu yil eng ko‘p ko‘rilgan videolar qatorida Chempionlar ligasi, “Afrikadagi yulduzlar” hamda “Musiqiy intuitsiya” kabilar joy olgan.
Yil yakunlari: 2022-yil O‘zbekiston mehnat bozoridagi asosiy tendensiyalar
HR-ekspertlar “Spot” bilan suhbatda mehnat bozori qanday o‘zgargani, maoshlar borasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi, kompaniyalar nima uchun samaradorlikka ko‘proq e’tibor qaratayotgani va ish beruvchilar kimlarni qidirayotgani haqida so‘zlab berishdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Cobalt va Lacetti avtmobillarini xarid qilish uchun shartnomalar berish to‘xtatildi.
“UzAutoSavdo” Telegram-boti hamda “UzAuto Motors” ilovasida “Lacetti” va “Cobalt” haqidagi axborotlar yo‘qolgan. - Vengriyaning OTP Banki Ipoteka bankni sotib oldi.
Endilikda bank “Ipoteka bank"ning 75% davlat ulushiga egalik qiladi. - Prezident qarori bilan AI-80 rusumli avtobenzin aksiz soligʻidan ozod qilinadi.
Unga ko‘ra, 13-dekabrdan boshlab yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mazkur benzinning litri 5700 so‘mdan sotiladi. - Oyiga $700 topayotgan qoraqalpog‘istonlik IT-mutaxassis Niyetulla Abdullayev hikoyasi.
U yutuqlari, qanday qilib IT-sohasini tanlagani hamda uni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi haqida gapirib berdi. - O‘zbekiston Turkmanistondan gaz importini 1,5 mlrd kub metrga oshiradi.
Bu bo‘yicha kelishuv prezident administratsiyasi rahbari va Turkmaniston prezidenti tomonidan imzolangan. - Jiznmart supermarketlar tarmogʻi O‘zbekistonda o‘z do‘konlarini ochishi mumkin.
Shuningdek, kompaniya Qozogʻistonda ham franchayzing doʻkonlarini ochishni rejalashtirmoqda. - Vengriya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Bakalavr, magistratura darajasi uchun $115, doktarantura darajasi uchun esa $370 miqdorida oylik stipendiya beriladi. - O‘zbekiston banklari 9 oyda qancha foyda ko‘rdi.
Bu davrni 10 ta bank 300 mlrd so‘mdan yuqori daromad bilan, 5 ta bank esa zarar bilan yakunladi. - Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini ochishni rejalashtirmoqda.
Unga ko‘ra, mamlakatda faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bankka ruxsatnoma berilgan. - O‘zbekistonda aholining avtomobilga bo‘lgan talabi ortmoqda.
Noyabr oyida Toshkent, Farg‘ona hamda Surxondaryoda avtomobil savdosi oshgan.