27-dekabr kuni soat 17:00 da “Startap uchun to‘g‘ri biznes modelini qanday tanlash mumkin?” mavzusida startaplar bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Spiker — Nyu-Yorkdagi “Satou Agency” marketing va kommunikatsiya agentligi asoschisi Mehriniso Nigmatullina.
Unda har qanday biznesni monetizatsiya qilish bo‘yicha so‘z yuritiladi. Onlayn uchrashuv ishtirokchilari o‘z startaplari uchun to‘g‘ri biznes-modelni qanday tanlashni, shuningdek, 2023-yilda startaplar uchun eng talabchan biznes modellari qanday bo‘lishini bilib olishlari mumkin.
Uchrashuvda ishtirok etish bepul bo‘lib, arizalarni 26-dekabrgacha havola orqali jo‘natish kerak.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
“Satou Agency” — Nyu-Yorkdagi marketing va kommunikatsiya agentligi bo‘lib, kompaniyalarga xalqaro bozorga chiqishda bevosita yordam beradi.