Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Qonun loyihasi va Budjetnomada YaIMning o‘sish surati 5,3% miqdorida bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,1%, qurilish 6%, qishloq xo‘jaligi 3,5%, xizmatlar sohasi 6,7%ga ortishi kutilmoqda.
2023-yilda mamlakatning YaIM 1068 trln so‘mni, Davlat budjeti daromadlari 232,1 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,7% darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, keyingi yildan boshlab konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan mikdori YaIMga nisbatan 3%dan oshmasligi ya’ni 311 trln so‘m bo‘lishi belgilanmoqda.
Davlat budjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trln so‘mni, YaIMga nisbatan 24,1%ni yoki 2022-yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln so‘mga ortishi prognoz qilinmoqda.
Qayd etilganidek, budjet hisobdorligini oshirish maqsadida Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi tomonidan vazirlik va idoralarning ular uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish yuzasidan davriy hisobotlarini eshitib borish tartibi joriy qilish nazarda tutilmoqda.