12−18-dekabr kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan ochiq birja savdolari orqali jami 1,9 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishgan.
O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 11 965 tonna shrot qo‘yildi va uning 4 484 tonnasi, ya’ni 37,5%i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 31 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 392 ming so‘mdan 4 187,8 ming so‘mgacha pasaydi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 897 tonnani tashkil qildi.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shrot bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 176,9 ming so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 3 320 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 664 tonnani tashkil qildi.
Polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 17 058,1 ming so‘mdan 16 689,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 81 xaridor ishtirok etdi.
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 97 434 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 17 815 tonnasi, ya’ni 18,3% qismi sotildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 131 ming so‘mdan 3 640,2 ming so‘mgacha, ya’ni 11,9% ga pasaydi.
O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 ta xaridor ishtirok etgan.