Avvalroq “UzAuto TRAILER"ning ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UzAuto TRAILER"ning 100% davlat ulushini Rossiyaning “Ximgrad” texnopolis sanoat parkiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishilganligini maʼlum qildi.

Sotuv jarayonida “Mosaic Financial” konsalting kompaniyasi Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha konsultanti vazifasini bajardi.

Korxonani mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya “Pricewaterhouse Coopers” tomonidan amalga oshirildi.

Ximgrad” texnopolis sanoat parki — Qozon shahrida joylashgan sanoat parki. Umumiy maydoni 131 gektar, bino va inshootlarning loyihalash maydoni 500 ming kvadrat metrdan oshadi.

UzAuto TRAILER” korxonasi 2012 yil 4 iyunda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tashkil etilgan. Korxonada tirkama texnikalari va turli xil yuk avtomobillari (shassi) uchun osma texnikalarini ishlab chiqariladi.


Avvalroq “Spot” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryodagi “Sho‘rtanneftgaz-Tekstil” korxonasining 100% davlat ulushini sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.