Angliya banki yangi monarx qirol Karl III portreti tushirilgan banknotlarni ommaga taqdim etdi.

Qirolning portreti barcha to‘rtta polimer banknotlarning (£5, £10, £20 va £50) dizaynlarida paydo bo‘ladi, mavjud dizaynlarga boshqa o‘zgartirishlar kiritilmaydi.

Yangi banknotalarning chap tomonida, shuningdek, shaffof himoya oynasida marhum qirollicha Yelizavetta II ning yuzi o‘rniga qirol Karlning yuzi tasvirlangan.

Angliya banki xabariga ko‘ra, mazkur yangi banknotalar 2024-yil o‘rtalarida muomalaga kiritilishi kutilmoqda.

Qirolicha Yelizaveta II ning portreti tushirilgan barcha polimer banknotlar qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qoladi va jamoatchilik tomonidan odatdagidek foydalanishda davom etishi mumkin.

Qirollik sudining buyrug‘iga ko‘ra, ushbu o‘zgarishning atrof-muhitga va moliyaviy ta’sirini minimallashtirish uchun yangi banknotalar faqat eskirgan banknotlarni almashtirish va banknotlarga bo‘lgan talabning umumiy o‘sishini qondirish uchun chop etiladi.

Shunday qilib, qirolicha Yelizaveta II va qirol Karl III tasviri tushirilgan banknotalar birgalikda tarqatiladi.

Britaniyaliklar allaqachon qirol Charlz III profilidagi ilk tangalarni muomalaga chiqarishgan. 50 pens nominalidagi yetti qirrali tangalar dekabr oyi boshidan mamlakat pochta bo‘limlariga yetkazila boshlandi.

angliya, qirol karl iii, yangi banknota


“Spot” 15-iyuldan 200 ming so‘mlik banknot muomalaga chiqarilishi haqida yozgandi.