“Google” kompaniyasi shifokorlarning tushunarsiz qoʻl yozuvini shifrlash funksiyasining prototipini yaratdi, deya xabar bermoqda kompaniyaning Hindistondagi ofisi.

Unga ko‘ra, mazkur texnologiya yangi ishlanmalarni namoyish qiluvchi yillik “Google for India” konferensiyasida taqdim etilgan.

Shifrni ochish funksiyasi “Google Lens” ilovasida paydo bo‘ladi. Shifokorning qo‘lyozmasini dekodlash uchun retseptning rasmini olish yoki ilgari olingan fotosuratni yuklash kerak.

Rasm qayta ishlangandan so‘ng, texnologiya matndagi dori nomlarini topadi va ajratib ko‘rsatadi.

“Yangi funksiya yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi, tushunarsiz qo‘l yozuvini shifrlash bo‘yicha so‘nggi so‘zni farmatsevt aytadi”, — deyiladi xabarda.

Hozircha “Google” texnologiyaning aniq qachon ishga tushirilish sanasi haqida ma’lumot bermagan.


Avvalroq “Spot” “Google” Xitoyda “Translate” xizmatini yopishi, bunga platformadan foydalanish kamayganligi sabab qilib ko‘rsatilgani haqida yozgandi.