Rossiyaliklar orasida yangi yil bayramlari uchun qo‘shni davlatlarga sayohatlarga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan 32%ga oshdi, deya xabar bermoqda “RBC” nashri “Yandex.Travel” tadqiqoti natijalariga tayanib.
Tadqiqot mehmonxonalarni bron qilish va xizmat foydalanuvchilaridan olingan aviachiptalarni qidirish bo‘yicha ma’lumotlar asosida o‘tkazildi.
Armaniston bunday davlatlar orasida ruslar orasida eng mashhur yo‘nalishga aylandi va Yerevanga sayohat eng katta talabga ega.
Sayohatchilar orasida eng ommabop bo’lgan yaqin xorij mamlakatlari uchligiga O‘zbekiston va Qozog‘iston ham kirdi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston va Ozarbayjon yangi yil bayramlari uchun eng mashhur xorijiy yo‘nalishlar qatoridan joy oldi.
Umuman olganda, xorijga chiqishni xohlovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 4%ga oshdi.
Uzoq xorijdagi yo‘nalishlar orasida ruslar Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Misrni tanlashdi.
Shuningdek, bu ro‘yxatga Serbiya va Isroil kirgan.
Ruslar asosan Istanbul, Dubay, Antaliya, Tel-Aviv va Belgradga borishni xohlashadi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, rossiyaliklarning 83%i ta’tilni Rossiya bo‘ylab sayohat qilish bilan o‘tkazmoqchi.
Bu o‘tgan yilga nisbatan 5%ga kam. Eng mashhur dam olish maskanlari Moskva, Sankt-Peterburg va Sochi.