Regulyator O‘zbekiston banklarining joriy yilning o‘n bir oyidagi daromadlilik ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Xususan, noyabrda banklarning foizli daromadlari 56,7 trln so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (42,8 trln so‘m) nisbatan qariyb 32,4%ga o‘sgan.
Shuningdek, banklarning foizsiz daromadlari 2021-yilning shu davriga nisbatan 90,4%ga o‘sib, 29,9 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 2,6 trln so‘mga oshgan.
Bu davrda foizli marja ko‘rsatkichi oktabr oyiga nisbatan 1,8 trln so‘mlik o‘sish bilan 21,7 trln so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, banklar bu davrga kelib foyda solig‘ini to‘lashga 2,7 trln so‘m ajratgan. Natijada banklarning o‘n bir oydagi sof foydasi 8,8 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 5,6 trln so‘m bo‘lgan.
Avvalroq, “Spot” O‘zbekiston banklari 9 oyda qancha foyda ko‘rgani haqida yozgandi.