Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2023-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilingandi. Undan keyin, ikkinchi o‘qilishda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Moliya vazirligi kelgusi yil uchun budjet parametrlari boʻyicha ma’lumotlarni hamda qonun loyihasiga sharhni taqdim etdi.

Unda 2023-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi, 2024−2025-yillar uchun budjet moʻljallari hamda mamlakat kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmlari kabilar keltirilgan.

Davlat idoralariga qancha mablagʻ ajratiladi

Tartib raqami
Davlat idoralari
Ajratiladigan summa
1
Xalq ta’limi vazirligi
26,7 trln
2
Maktabgacha ta’lim vazirligi
8 trln
3
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
6 trln
4
Sog‘liqni saqlash vazirligi
3,6 trln
5
Madaniyat vazirligi
746 mlrd
6
Sportni rivojlantirish vazirligi
1,2 trln
7
Innovatsion rivojlanish vazirligi
1 trln
8
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
1,2 trln
9
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
657 mlrd
10
Suv xo‘jaligi vazirligi
3,3 trln
11
Energetika vazirligi
70,5 mlrd
12
Transport vazirligi
5,2 trln
13
Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi
278,4 mlrd
14
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi
1,1 trln
15
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi
176,8 mlrd
16
Turizm va madaniy meros vazirligi
340 mlrd
17
Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi
14,1 mlrd
18
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
203,6 mlrd
19
Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
665,6 mlrd
20
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
10 mlrd
21
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
11 mlrd
22
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
478 mlrd
23
Davlat statistika qo‘mitasi
197,6 mlrd
24
Qurilish vazirligi
232 mlrd
25
Tashqi ishlar vazirligi
765,4 mlrd
26
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
931 mlrd
27
AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
183,6 mlrd
28
Adliya vazirligi
214,8 mlrd
29
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
16,2 trln
30
Moliya vazirligi
73,4 trln
31
Davlat soliq qo‘mitasi
1,5 trln
32
Vazirlar Mahkamasi
1,9 trln
33
Prezident Adminstratsiyasi
1,2 trln
34
Senat
92,8 mlrd
35
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
394,5 mlrd
36
Ombudsman
16,4 mlrd
37
Bosh prokuratura
1,4 trln
38
Oliy sud
1,1 trln
39
Konstitutsiyaviy sud
8,8 mlrd
40
Sudyalar oliy kengashi
35 mlrd
41
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
23,6 mlrd
42
Markaziy saylov komissiyasi
16,5 mlrd
43
MTRK
521,9 mlrd
44
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
33,7 mlrd
45
“O‘zarxiv” agentligi
13,6 mlrd
46
Ma’naviyat va ma’rifat markazi
65,7 mlrd
47
Gidrometeorologiya xizmati markazi
166 mlrd
48
Yoshlar ishlari agentligi
375 mlrd
49
Mahalla va nuroniylar vazirligi
87,6 mlrd
50
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
150 mlrd
51
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
364,8 mlrd
52
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
267 mlrd
53
Hisob palatasi
69 mlrd
54
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
665,2 mlrd
55
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
276,3 mlrd
56
Kinematografiya agentligi
125,8 mlrd
57
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
102,3 mlrd
58
Strategik islohotlar agentligi
35,8 mlrd
59
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
92,8 mlrd
60
Boshqa tashkilotlar
36 trln

Subsidiyalar

Tartib raqami
Yo‘nalishlarAjratiladigan summa
1
Davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga subsidiyalar
2,2 trln
2
Talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalar uchun subsidiyalar
210 mlrd
3
Davlat xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyida yashagan talabalar uchun davlat sherigiga ajratiladigan subsidiyalar
74 mlrd
4
“Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ularning amaliyotni o‘tashi davrida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida beriladigan har oylik subsidiyalar
19 mlrd
5
Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiyalar
16,7 mlrd
6
Paxta va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi xarajatini qoplashga subsidiyalar
170 mlrd
7
Aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar
30 mlrd
8
Geologiya qidiruv ishlariga subsidiyalar
1 trln
9
Xonadonlarda yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiyalar
120 mlrd
10
Yaylov yerlarida shaxtali va tik quduqlar hamda suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar
20 mlrd
11
Tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish hamda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyalarini qurish uchun subsidiyalar
20 mlrd
12
Eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiyalar
3 mlrd
13
QQS to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilib, sotilgan mahsulotlar uchun subsidiyalar
400 mlrd
14
Qoraqalpog‘istondagi xo‘jaliklar tomonidan nasldor qoramol, qo‘y va echki, ona baliq va jo‘jalarni sotib olish uchun subsidiyalar
6,5 mlrd
15
Aholi tomorqalarini sug‘orishga yer osti suvlarini chiqarish uchun quduqlarni burg‘ulash xarajatlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar
100 mlrd
16
Meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan
foydalanganda sug‘urta mukofoti uchun to‘lovlar hamda xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilishga doir xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar
50 mlrd
17
Qishloq xo‘jaligi texnikalari va lazerli tekislash uskunalari hamda don urug‘ seyalkalarini xarid qilishda texnika qiymatini qisman qoplab berish uchun subsidiyalar
40 mlrd
18
Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga ajratiladigan subsidiyalar
12 mlrd
19
Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun subsidiyalar
150 mlrd
20
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta summasining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar
6 mlrd

Kompensatsiyalar

Tartib raqami
Yo‘nalishlarAjratiladigan summa
1So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash xarajatlari uchun
4 mlrd
2Yoshlarning xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlarining bir qismini qoplash xarajatlari
3,9 mlrd
3Temir yo‘l va aviatashuvchilar tomonidan 50%lik imtiyoz bilan sotilgan chiptalar zararini qoplash uchun kompensatsiya xarajatlari
20 mlrd
4Uy hayvonlarini vaksinatsiya qilish uchun xarajatlar
125 mlrd
5Magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash xarajatlari
200 mlrd
6Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston hududida kino ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun
5 mlrd
7Ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniya zararlarini qoplash va joriy faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar
14,2 trln
8Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya berish
1,3 trln
9Eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun xarajatlar
418,2 mlrd
10Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar
42,3 mlrd
11Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensansiya qilishga
29,2 mlrd

2023-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ilovalari bilan batafsil havola orqali tanishish mumkin.