“Yamal” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Namangan hamda Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Pulkovo” kompaniyasining matbuot xizmati.
Namanganga parvozlar haftada bir marta shanba kunlari, Urganchga esa payshanba kunlari quyidagigacha jadvalda amalga oshiriladi:
Namangan-Sankt-Peterburg-Namangan yo‘nalishi:
- Namangandan Sankt-Peterburgga — 19:55;
- Sankt-Peterburgdan Namanganga uchish — 22:50.
Urganch-Sankt-Peterburg-Urganch yo‘nalishi:
- Urganchdan Sankt-Peterburgga — 12:35;
- Sankt-Peterburgdan Urganchga — 14:00.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur aviareyslar Airbus A321 samolyotida amalga oshiriladi.
Sentabr oyida kompaniya Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan Toshkent hamda Namanganga parvozlarni amalga oshirishi ma’lum bo‘lgandi. Xususan, 14-sentabrdan Toshkentga dushanba va chorshanba kunlari, 17-sentabrdan esa shanba kunlari Namanganga parvozlar boshlangan.
“Yamal” aviakompaniyasi faoliyatini 1997-yilda boshlagan. Bugungi kunda Rossiyaning G‘arbiy Sibir mintaqasidagi yirik aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.