Tadbirkorlarning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

  • eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlarga kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratishga ruxsat etiladi;
  • 2024-yil 1-yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70%ini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, farmon bilan O‘zbekistondan paxta chigiti, kungaboqar, makkajo‘xori va soyadan tashqari o‘simlik moylarini eksport qilishga ruxsat beriladi.

Mazkur mahsulotlarni oziq-ovqat narxlarini barqarorlashtirish maqsadida 1-iyundan ekspor qilish taqiqlangandi.


Avvalroq “Spot” Yevropaga kelgusi yilda sanoat eksportini $700 mln.ga yetkazish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.