“HeadHunter” tahliliga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistondagi o‘rtacha arifmetik ish haqi 5,8 mln so‘mni tashkil etdi. (“Spot"da mavjud) Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12,3%ga oshgan.

Bu yili eng yuqori ish haqi IT-sohasi mutaxassislariga taklif etilgan bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatkich 11,7 mln so‘mni tashkil etdi.

Undan keyingi o‘rinlarda top-menejerler (11,6 mln so‘m) hamda konsultantlarga (11,1 mln so‘m) taklif etilgan ish haqi yetakchilik qildi.

Joriy yilning noyabr oyida konsultantlarga taklif etilgan ish haqi 14,1 mln so‘m bilan yetakchilik qilgandi.

Eng kam ish haqi esa uy xodimlari (2 mln so‘m), xavfsizlik (3,7 mln so‘m) va turizm, mehmonxona hamda restoran (4 mln so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Maksimal ish haqi bo‘yicha konsultantlar 48,4 mln so‘m bilan yetakchilik qilmoqda. Ulardan so‘ng, yuqori daromad “aytishnik"larga taklif etilgan — 46,7 mln so‘m.

Yuqori daromadli ish bo‘yicha oxirgi yetakchi top-menejerlar bo‘ldi, ularga taklif etilgan ish haqi 35 mln so‘mni tashkil etdi.

Sohalar
O’rtacha ish haqi
Maksimal ish haqi
Axborot texnologiyalari
11 732 840
46 745 524
Top-menejer
11 664 630
35 059 184
Konsultatsiya (maslahat) berish
11 153 120
48 436 153
Buxgalteriya, boshqaruv hisobi, tashkilot hisoblari
7 737 751
18 170 867
Kadrlar boshqaruvi, treninglar
7 733 215
18 632 300
Qurilish, ko‘chmas mulk
7 421 974
25 595 110
Yuristlar
6 711 828
19 728 365
Marketing, reklama, PR
6 337 898
17 529 592
San’at, mass-media
6 250 732
16 613 369
Transport, logistika
6 217 193
17 529 592
Banklar, investitsiyalar, lizing
6 071 849
20 766 751
Tibbiyot, farmatsevtika
6 055 485
19 866 892
Ilm-fan, ta’lim
5 406 298
15 575 145
Ishchi xodimlar
5 314 742
17 132 643
Xaridlar
5 286 376
15 391 900
Ishlab chiqarish
4 729 339
18 170 867
Sotuvlar
4 672 495
18 170 867
Ma’muriy xodimlar
4 368 383
9 816 630
Turizm, mehmonxonalar, restoranlar
4 006 317
12 460 148
Xavfsizlik
3 763 239
10 383 376
Uy xodimlari
2 066 877
7 268 379