O‘zbekiston valyuta birjasi (O‘zRVB) joriy yilning yanvar-noyabr oylari bo‘yicha bozorlarning umumiy sharhini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, O‘zRVBdagi umumiy savdolar hajmi 625,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 86,1%ga, bir oyda esa 13,8%ga o‘sgan.
Mazkur davrda valyuta bozoridagi umumiy savdolar hajmi 299 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan (187,2 trln so‘m) 1,6 barobar oshgan.
O‘n bir oyda pul bozoridagi savdolarning umumiy hajmi 235,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 87%ga oshdi hamda 125,7 trln so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilda davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida 81,3 trln so‘mlik qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga (21,3 trln so‘m) nisbatan 3,8 barobar ortgan.
Avvalroq, valyuta fyucherslari bozorida market-meykerlar faoliyati tashkil etilib, “Kapitalbank” va “Ipak Yo‘li” banklari bu maqomga ega bo‘lgandi.
Shuningdek, O‘zRVB savdo platformasida birlamchi dilerlar o‘rtasida davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha birinchi auksion savdolari o‘tkazildi.