Regulyator milliy va xorijiy valyutadagi bank kreditlarining foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.
Xususan, sentabr va oktabr oylaridagi barqarorlikdan so‘ng, noyabrda milliy valyutadagi bank kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi sezilarli oshdi — 22,4%.
Bu davrda qisqa muddatli kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 21,4% bilan avvalgi oyga nisbatan ko‘rsatkichini saqlab qolgan bo‘lsa, uzoq muddatli kreditlarning foiz stavkasi 22,8% bilan biroz o‘sdi.
Yil boshiga nisbatan milliy valyutadagi bank kreditlari stavkasi 0,9%ga oshganini ko‘rish mumkin.
Mazkur davrga kelib xorijiy valyutadagi bank kreditlarining foiz stavkalarida ham o‘sish kuzatildi. Umuman olganda, bu ko‘rsatkich avvalgi oylarga nisbatan yuqori natijani qayd etdi — 7,6%.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida hamda joriy yil boshida mos ravishda 6,4%ni tashkil etgandi.
Chet el valyutasidagi qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkalari 7,8%, uzoq muddatlilari esa 7,5%ga oshdi.