Raqamli reklamaning yomon sotilshii, retsessiya qo‘rquvi va shaxsiy kompyuterlar kabi mahsulotlarga iste’mol xarajatlarining kamayishi ijtimoiy media kompaniyalari, chip ishlab chiqaruvchilarga zarba berdi va hatto bulutli texonologiyalarning o‘sishiga putur yetkazdi.

“Yahoo! Finance” joriy yil boshi va dekabr oxiridagi yirik IT-kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari qiymatini solishtirdi.


Apple (-25.49%)

Yil boshidan buyon 25% dan ko‘proq tushib ketgan aksiyalar, ehtimol, bu boshqa har qanday kompaniya uchun eng yomoni bo‘lishi mumkin, lekin “Apple” uchun emas.

Joriy yil mazkur kompaniya uchun qolganlariga qaraganda yengilroq o‘tmoqda.

Kompaniya yilni birinchi chorakdagi eng yuqori daromadi bilan boshladi, ya’ni $123,9 mlrd va bu tendensiyani to‘rtinchi chorakda saqlab qoldi.

Biroq uchinchi chorakda valyuta kursi kompaniya umumiy daromadining 3%iga arzonlashgani sababli “Apple” zarar ko‘rdi.

Keyin kompaniyaga talab kamayganligi sababli iPhone 14 Plus ishlab chiqarishni qisqartirishi kerakligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Xitoydagi COVID-19 cheklovlari va “Foxconn"ning eng yirik iPhone zavodidagi ishchilarning noroziliklari “Apple"ga Pro smartfonlarini o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘sqinlik qildi. Kutish vaqti bir necha haftaga oshdi.

Shunga qaramay, “Apple"ning texnologiya sanoatida barqaror yetakchi sifatidagi obro‘si va uning mahsulotlari hamda xizmatlariga bo‘lgan talabning davom etishi unga yilni ko‘pchilik raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq yakunlashiga yordam bermoqda.


Microsoft (-27,34%)

“Microsoft” 2022 yilni “Azure” platformasini o‘z ichiga olgan “Intelligent Cloud” biznesining kuchli natijalari bilan boshladi.

Oktabr oyida “Microsoft” bulutli biznesning o‘sishi 2021-yilning shu choragida kuzatilgan 31% o‘sishdan ancha past bo‘lgan yil davomida 20%gacha sekinlashgani haqida xabar berdi.

Xususan, birinchi chorakda “Azure” platformasi o‘sishi o‘tgan yilgi 50%ga nisbatan, 35%ga tushib ketdi.

Kompaniya, shuningdek, pandemiya davrida raqamli reklama va shaxsiy kompyuterlar savdosi o‘zining eng yuqori darajasidan tushib ketganini ko‘rsatdi.

“Microsoft” kompaniyasining yillik foydasiga ta’sir ko‘rsatgan makroiqtisodiy omillar orasida Ukrainadagi urush, valyuta kurslarining o‘zgarishi va Xitoydagi kovid cheklovlari bor.


Tesla (-60.62%)

“Tesla” 2022-yilni yaxshi boshlagan bo‘lsa-da, kompaniya valyuta kurslari va tovarlar narxining oshishi bilan kurashdi.

Eng yomoni, elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi Xitoyda koronavirus blokirovkasiga uchradi va bu uning mahalliy bozorda avtomobil ishlab chiqarish qobiliyatiga ta’sir qildi.

“Tesla"ning 2022-yilgi natijalari haqida Ilon Maskning “Twitter"ni sotib olishiga to‘xtalmasdan gapirish mumkin emas.

Yangi bosh direktor xodimlarning 50%ini ishdan bo‘shatdi, munozarali qarorlar qabul qildi va Maskning shaxsiy samolyotini kuzatuvchi akkaunt bloklangani haqida xabar bergan jurnalistlarning akkauntlarini blokladi.

Shu bilan birga, tadbirkor “Twitter”, “SpaceX” va boshqa biznes bilan shugullanayotganda “Tesla” kompaniyasini boshqara oladimi yoki yo’qmi degan savollar paydo bo’ldi.

“Tesla” sarmoyadorlari Mask kompaniyani “Twitter"ni saqlab qolish uchun ishlatib, aksiyalar narxiga putur yetkazayotganidan xavotirda.


Meta (-64.41%)

“Meta” uchun yil har qachongidan ham yomonroq bo‘ldi. Kompaniya aksiyalari narxi yil boshidan beri hayratlanarli darajada 64,41%ga tushib ketdi.

2022-yil oxirida “Meta"ning raqamli reklama savdosi pasaydi. Bu kompaniyaning 2021-yilda taqdim etilganidan beri umumiy sotuvlarini qisqartirgan “Apple"ning iOS maxfiylik siyosatidagi o‘zgarish bilan yanada kuchaydi.

Kompaniya metaverse uchun qancha pul sarflagani uchun ham tanqid qilindi. 2021-yilda loyihaga $10 mlrd sarmoya kiritgan “Meta” 2022-yil oxirigacha bundan ham koʻproq mablagʻ sarflashni rejalashtirmoqda. Hozircha bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini berishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Shu bilan birga, “Facebook” yosh foydalanuvchilar orasida kamroq mashhur bo‘lib bormoqda. “TikTok” esa o‘smirlarni va borgan sari keksa foydalanuvchilarni ham jalb qilishda davom etmoqda.

“August Pew Research Center” so‘roviga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan 1316 nafar o‘smirning atigi 32%i “Facebook"dan foydalanadi.

Bularning barchasi noyabr oyida “Meta” 11 mingga yaqin xodimni ishdan bo‘shatishiga olib keldi.