Davlat soliq qo‘mitasi joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida sohalardagi soliq tushumlariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, 11 oyda savdo sohasida 144 149 ta korxona tomonidan 12,7 trln so‘m soliq to‘langan bo‘lib, eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya “UNG PETRO” bo‘ldi — 145,8 mlrd so‘m.

Undan keyingi yetakchilikni 137,5 mlrd so‘m bilan “Anglesey Food” (“Korzinka”) hamda 84,6 mlrd so‘m bilan “Trade Group LTD” kompaniyalari egalladi.

Mazkur kompaniyalarning tovar aylanmasi “UNG PETRO"da 1,7 trln so‘m, “Anglesey Food"da 4 trln hamda “Trade Grup LTD"da 1,1 trln.ni tashkil etgan.

Shuningdek, Top-20 talikda “Nestle Food” (67,3 mlrd so‘m), “Hyundai auto Asia” (64 mlrd so‘m) hamda “Darvoza Savdo” (32,3 mlrd so‘m) kabilar bor.

Top-20 ta kompaniya tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha tavsiflandi:

  • QQS — 483 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i — 281,4 mlrd so‘m;
  • JSHODS — 163,3 mlrd so‘m;
  • aksiz solig‘i — 132,9 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i — 31,8 mlrd so‘m;
  • yer solig‘i — 14,4 mlrd so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 0,2 mlrd so‘m.

dsq, soliqlar

Undan keyingi tahlilda xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarga oid ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular tomonidan 11 oy davomida 9,9 trln so‘m miqdorida soliq to‘langan.

Kuchli 20 talikda eng yuqori soliq to‘lovchi “O‘zbektelekom” kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniyaning tovar aylanmasi 5,5 trln so‘mni, to‘langan soliqlar hajmi esa 724,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Undan keyingi o‘rinda “Unitel” xorijiy kompaniyasi 2,3 trln so‘mlik tovar aylanmasi hamda 389,5 mlrd so‘m soliq to‘lovlari bilan turibdi.

Kuchli uchlikni esa 9,8 trln so‘mlik tovar aylanmasi hamda 210 mlrd so‘mlik soliq to‘lovlari bilan “Uzbekistan Airways” egalladi. Kompaniyaga 1,4 trln so‘m miqdorida soliq imtiyozlari berilgan.

Top-20 ta kompaniya tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari quyidagicha belgilangan:

  • QQS — 1,2 trln so‘m;
  • foyda solig‘i — 616,6 mlrd so‘m;
  • JSHODS — 382,5 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i — 48,5 mlrd so‘m;
  • yer solig‘i — 44,4 mlrd so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 1,4 mlrd so‘m.

dsq, soliqlar

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 767 mlrd so‘mdan ortiq soliqlar to‘langan bo‘lib, yetakchilikni 285,9 mlrd so‘m tovar aylanmasi hamda 30,6 mlrd so‘m soliq to‘lovlari bilan “International Foodchain” kompaniyasi egallab turibdi.

Undan keyingi o‘rinlarda 22,4 mlrd so‘m “Mak Food Servis” hamda 16,8 mlrd so‘m soliq to‘lovi bilan “Ketring” kompaniyalari turibdi. 11 oyda “Mak Food Servis"ning tovar aylanmasi 327 mlrd so‘mni, “Ketring"da esa 159 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Kuchli 20 talikka kirgan kompaniyalar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS — 79,9 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i — 22,9 mlrd so‘m;
  • JSHODS — 23 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i — 1,1 mlrd so‘m;
  • yer solig‘i — 0,4 mlrd so‘m.

dsq, soliqlar

Avvalroq, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillari o‘n bir oyda soliq tushumlari hajmi 17%dan oshganini ko‘rsatgandi. Bunga QQS va aylanmadan olinadigan soliqlar hamda tadbirkorlar sonining oshishi ta’sir ko‘rsatgan